Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti: Ilmiy faoliyatga oid ma’lumotlar
Ijtimoiy va siyosiy fanlar institutida ilmiy-tadqiqot ishlari yuqori saviyada olib borilmoqda. Institut rahbariyati tashabbusi bilan ilmiy-tadqiqot faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida bir qator yirik ilmiy-tadqiqot guruhlari faoliyat yuritmoqda.
Asosiy ilmiy-tadqiqot guruhlari
1. Fan yo‘nalishidagi ilmiy-tadqiqot guruhi
Mazkur guruh mahalliy xomashyo asosida yangi xususiyatlarga ega funksional polimer materiallarni olish, ularning fizik-kimyoviy xossalari hamda amaliy qo‘llanilishini o‘rganish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib boradi.
2. Pedagogika yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot guruhi
Ushbu guruh ta’lim sohasida zamonaviy va innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etish hamda takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug’ullanadi.
Institut bo‘linmalarining ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlari
Quyida institut tarkibidagi bo‘linmalar tomonidan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlari keltirilgan.
Aniq va tabiiy fanlar yo‘nalishi
Aniq va tabiiy fanlar yo‘nalishida quyidagi mavzularda ilmiy-tadqiqot ishlari olib boriladi:
• Mahalliy xomashyolardan olingan interpolimer komplekslarning fizik-kimyoviy xossalari va qo‘llanilishi.
• Turli katalizatorlar yordamida alkinlar va ketonlar asosida atsetilen spirtlarini sintez qilish.
• Polivinilxlorid plastikati asosidagi yangi ionitlarning fizik-kimyoviy xossalari.
• Aromatik atsetilen spirtlari va vinil efirlarni ishlab chiqarishning iqtisodiy samarador, ekologik xavfsiz va resurs tejovchi texnologiyalarini tadqiq etish.
• Mahalliy xomashyolar asosida ionitlar olish va ularning fizik-kimyoviy xossalarini o‘rganish.
• Anionitlar ishtirokida gazlarni tozalashda qo‘llaniladigan aminlarni regeneratsiya qilish.
• Oqova suvlar va texnologik eritmalardan kamyob hamda qimmatbaho metallarni ajratib olish.
• Ionitlar yordamida tabiiy manbalardan biologik faol moddalarni ajratib olish.
• O‘zbekistonda tarqalgan fitoviruslarni aniqlash, ajratish va diagnostika usullarini ishlab chiqish.
• G‘o‘za genetikasi, seleksiyasi va fiziologiyasi.
• Gossipol asosida olingan biologik faol birikmalarning xossalari.
• Organik erituvchilarning kombinatsion va infraqizil spektrlarini tahlil qilish.
• Kondensirlangan muhitlarda molekulalararo o‘zaro ta’sir spektroskopiyasi va relaksatsion jarayonlar kinetikasi.
• Metrik graflar va tarmoqlangan sohalarda differensial tenglamalar uchun chegaraviy masalalar.
• Tenzostimullangan hodisalar kompensatsiyalangan kremniy va sirtqi diodli tuzilmalarda.
• Galaktika va galaktikadan tashqari obyektlarni tadqiq etish.
• Keli daraxtida dinamik sistemalarni o‘rganish.
Tarix va tillar yo‘nalishi
Tarix va tillar yo‘nalishida quyidagi ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlari bo‘yicha ishlar olib borilmoqda:
1. O‘zbekistonda millatlararo munosabatlar, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik masalalari.
2. Sharq mutafakkirlarining falsafiy qarashlari va ularning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni.
3. Toshkent viloyati hududidagi tarixiy obidalar va ziyoratgohlarning ma’naviy-tarbiyaviy ahamiyati.
4. Toshkent viloyati tarixiy o‘lkashunosligi va turizm salohiyatini tadqiq etish.
5. O‘zbekistonda sovet hokimiyati davridagi ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy siyosat tahlili.
6. Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan islohotlarning tarixiy ahamiyati.
7. Arxeologik ekspeditsiyalar va ularning O‘zbekiston tarixini yoritishdagi o‘rni.
8. Oliy ta’limda ingliz tili mashg‘ulotlarini loyihalash texnologiyalarini takomillashtirish.
9. Ingliz tilida hissiy-ekspressiv nutqni rivojlantirishning pedagogik texnologiyalari.
10. Nemis tilini o‘qitishda badiiy adabiyotdan foydalanishning didaktik asoslari.
11. Istiqlol davri o‘zbek adabiyotida badiiy psixologizm masalalari.
12. Alisher Navoiy ijodida faqr va faqir obrazi talqini.
13. Istiqlol davri o‘zbek nasrida ijtimoiy muammolarning badiiy aks etishi.
14.Cho‘lpon ijodida Vatan mavzusi.
15. O‘zbekiston Respublikasi televideniyesida reklama tili xususiyatlari.
16. Nutq madaniyati terminlarining lingvostilistik jihatlari.
17. Poetik sintaksis va uning asosiy birliklari.
18. Oliy ta’limda rus tili mashg‘ulotlarini loyihalash texnologiyalarini takomillashtirish.
19. Rus tilida hissiy-ekspressiv nutqni rivojlantirish metodikasi.
20. Rus tilini o‘qitishda badiiy adabiyotdan foydalanishning didaktik asoslari.
Pedagogika va psixologiya yo‘nalishi
Pedagogika va psixologiya yo‘nalishida quyidagi ilmiy-tadqiqot mavzulari ustida ishlar olib borilmoqda:
• Talabalar o‘rtasida sportning ommaviyligini oshirish.
• Milliy sport turlarining zamonaviy sport tizimidagi o‘rni.
• Zamonaviy jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini tayyorlashning pedagogik asoslari.
• Jismoniy nuqsoni bo‘lgan o‘smirlarni kasbga yo‘naltirishda jismoniy tarbiyaning ahamiyati.
• Bo‘lajak o‘qituvchilarda ilmiy izlanuvchanlikni shakllantirish.
• Umumiy o‘rta ta’limda jismoniy tarbiya mazmunini tahlil qilish.
• Talabalarda kreativlikni rivojlantirish omillari.
• Oilaviy qadriyatlarning erta ijtimoiylashuvdagi psixologik mexanizmlari.
• Zamonaviy pedagog imidjini shakllantirishning ijtimoiy-psixologik omillari.
• Tayanch-harakat a’zolari buzilgan o‘smirlarni kasbga yo‘naltirishning psixologik asoslari.
• Bo‘lajak o‘qituvchilarda badiiy idrokni shakllantirish.
• Ta’lim mazmunini prognoz qilish omillari.
• Bolalar-o‘smirlar sport maktablarida belbog‘li kurash mashg‘ulotlarini takomillashtirish.
• Xalq o‘yinlari orqali sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish.
• Bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini innovatsion faoliyatga tayyorlash texnologiyalari.