ISFI

Yuklanmoqda...

+998 78 122 77 70
info@isfi.uz
Du-Ju: 09:00 - 18:00

Rektor murojaati

Rektor murojaati

Rektor murojaati

Hurmatli talabalar, bo‘lajak abituriyentlar va aziz ota-onalar!

Sizlarni Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti nomidan chin dildan qutlab qolaman. Institutimiz – ilmiy an’analar, zamonaviy yondashuv va yangilanishlar uyg‘unlashgan maskan bo‘lib, bu yerda har bir talaba nafaqat mutaxassis sifatida, balki ongli, mustaqil fikrlovchi shaxs sifatida kamol topadi.

Bugungi jadal o‘zgarayotgan global dunyoda insonning eng katta kuchi — bu bilim, tafakkur, tahliliy fikrlash va yangi sharoitlarga moslashish qobiliyatidir. Endilikda ta’lim faqat ma’lumot olish emas, balki keng dunyoqarash, ijtimoiy faollik, tanqidiy va erkin tafakkurni shakllantirish demakdir.

Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti aynan shu maqsad yo‘lida faoliyat yuritadi — biz jamiyat taraqqiyotiga ta’sir ko‘rsatadigan yetuk fikr egalari, fidoyi mutaxassislar va kelajak liderlarini yetishtirishni o‘z oldimizga bosh maqsad qilib qo‘yganmiz.

Ko‘p yillik tajribaga ega pedagog va rahbar sifatida ishonch bilan ayta olamanki, jamiyatning har qanday rivoji, avvalo, sifatli ta’limdan boshlanadi. Institutimizda ilmiy izlanishlar, yangilik yaratish, intellektual o‘sish va erkin fikr uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Tajribali professor-o‘qituvchilar jamoasi, zamonaviy o‘quv muhiti va talabalar tashabbusini qo‘llab-quvvatlaydigan iliq atmosfera institutimizning asosiy ustunliklaridan biridir.

Bugungi talabalarimizga shuni aytmoqchiman: “Orzu qilishdan to‘xtamang, izlaning, mehnat qiling va o‘zingizga ishoning. Haqiqiy muvaffaqiyat doimo intiluvchanlarga nasib etadi.”

Ertaga bizga qo‘shilmoqchi bo‘lgan bo‘lajak abituriyentlar! Sizlarni Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti safiga taklif qilamiz. Bu yerda sizni katta imkoniyatlar, rivojlanish maydoni va yorqin kelajak kutmoqda.

Hurmatli ota-onalar!

Farzandlaringizning institutimizni tanlagani uchun bildirilgan ishonch va qo‘llab-quvvatlovingiz uchun chin dildan minnatdorlik bildiramiz. Biz ularning har tomonlama yetuk bo‘lib shakllanishi, ilmli, mas’uliyatli va vatanparvar shaxs bo‘lib kamol topishi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz.

Yosh avlodni mukammal bilim, sog‘lom tafakkur va yuksak qadriyatlar bilan tarbiyalash — bizning ustuvor burchimiz va eng katta maqsadimizdir.

Hurmat bilan,
Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti rektori 
Boboxujayev Kudrat Umarovich!