Missiya va Vizion
Infratuzilmani modernizatsiya qilish. Kampus, laboratoriya va kutubxonalarni zamonaviy texnika bilan jihozlash. “Barqaror rivojlantirish maqsadlari (SDG)” tamoyillarini joriy etish. Ilmiy-ijodiy va innovatsion muhitni qo‘llab-quvvatlovchi raqamli ta’lim markazlarni tashkil etish.
Amalga oshirish bosqichlari.
1-bosqich (2025–2026): Institutning mavjud holatini tahlil qilish, ustuvor yo‘nalishlarni aniqlash, o‘quv dasturlarini xalqaro reyting tizimidagi TOP-300 oliy ta’lim tashkilotlari dasturlari asosida takomillashtirish, konsepsiyaning bosh yo‘nalishlarini amaliyotga tatbiq etish uchun huquqiy va tashkiliy asos yaratish, axborot tizimlari va elektron platformalarni yangilash, kiberxavfsizlikni kuchaytirish va ma’lumotlar bazasini himoya qilish, talabalar turar joylari, sport-madaniy inshootlar tizimini yangilash hamda inklyuziv muhitni yaratish.
2-bosqich (2027–2028): Innovatsion o‘quv dasturlari, ilmiy markazlar va raqamli platformalarni to‘liq joriy etish, axborot tizimlari orqali xizmatlarning 80%ini raqamlashtirish, kampusda qulaylik indeksi (student satisfaction index)ni 90%ga yetkazish, zamonaviy laboratoriya, auditoriya va ish joylarini yaratish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish, professor-o‘qituvchilarlarni xalqaro standartlar asosida tayyorlash, xalqaro akkreditatsiya agentliklar va tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, sog‘liqni saqlash, biznes va boshqaruv sohalaridagi ta’lim yo‘nalishlarining o‘quv dasturlarini xalqaro akkreditatsiya agentligi talablari asosida ishlab chiqish.
3-bosqich (2029–2030): Institutni xalqaro reytinglarga kiritish, ta’lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish, sifat menejmenti tizimini to‘liq shakllantirish, natijadorlikni baholash va barqaror rivojlanishni taʼminlash, kampus-parklar, texnoparklar va inkubatorlar tashkil etish, xorijiy investorlar hissasini umumiy mablag‘da 25%ga yetkazish.
Kutilayotgan natijalar. Institut xalqaro reytinglarda (QS, THE va boshqalar) o‘z o‘rniga ega bo‘ladi. Ilmiy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalar soni ortadi. Professor-o’qituvchilar va talabalar raqamli savodxonlik, ijodkorlik va tadbirkorlik ko‘nikmalariga ega bo‘ladi. Institut xalqaro akkreditatsiyadan o‘tgan dasturlar sonini 70%ga yetkazish. Taʼlim jarayoni raqamli va ekologik jihatdan samarali tizimga aylanadi. Institut jamiyat, sanoat va davlat sektori bilan integratsiyalashgan, raqobatbardosh ilmiy-taʼlim markaziga aylanadi.