ISFI

Yuklanmoqda...

+998 78 122 77 70
info@isfi.uz
Du-Ju: 09:00 - 18:00

Universitet nizomi

Universitet nizomi

1. Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti (Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti) O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2022-yil 30 dekabrdagi №056369-son litsenziyasi asosida faoliyatini amalga oshiradigan nodavlat oliy ta'lim muassasasi hisoblanadi.

2. Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti (keying o'rinlarda - Institut deb yuritiladi) nodavlat oliy ta'lim muassasasi hisoblanib, oliy ta'limning asosiy va qo'shimcha ta'lim dasturlarini bajarish bo'yicha ta'lim faoliyati bilan shug'ullanadi, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq o'quv-pedagogik, ilmiy-metodik va boshqa faoliyatdan iborat bo'lgan oliy ta'lim xizmatlarini ko'rsatadi.

3. Institut o'z faoliyatida nodavlat oliy ta'limga oid O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni va boshqa qonun me'yorlari, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalarining qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining normativ-huquqiy xujjatlaridagi tegishli talablar va mazkur Ustavga amal qiladi.

4. Institut yuridik shaxs hisoblanadi. Operativ boshqaruvidagi o'zining maxsus mol-mulkiga ega va ushbu mol-mulk bo'yicha o'z majburiyatlariga muvofiq javob beradi, o'z nomidan mol-mulk sotib olishi va mulkiy hamda nomulkiy huquqlarni amalga oshirishi, zimmasiga majburiyat olishi, sudda da'vogar va javobgar bo'lishi mumkin.

Mustaqil balansga, bank muassasalarida hisob-kitob va boshqa, shu jumladan valyuta bo'yicha hisob raqamlariga, o'z nomi yozilgan muhrga, shtamplar va boshqa rekvizitlarga ega.

Institut joylashgan asosiy manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Shayx shivli MFY, Shivli, pr 2-tor ko'chasi,1,3-uy.

Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti rasmiy nomi:

a) davlat tilida:

to'liq nomi – Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti;

qisqartirilgan nomi - «ISFI»;

b) rus tilida:

to'liq nomi – Институт социальных и политических наук;

qisqartirilgan nomi - «ИСПН»;

v) ingliz tilida:

to'liq nomi – Institute of Social and Political Sciences;

qisqartirilgan nomi - «ISPS»

5. Institut faoliyatining asosiy yo'nalishlari quyidagilardan iborat:

- xorijiy mamlakatlar tillari, tarixi, madaniyati, moddiy va ma'naviy merosi, iqtisodiyoti, siyosati, xalqaro maydondagi nufuzi, tarjimashunoslik sohalarida zamonaviy bilimlarni mukammal egallagan, mehnat bozori uchun raqobatbardosh bo'lgan kadrlarni tayyorlash;

- davlatlarning rivojlanish omillari, ulardagi zamonaviy ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy jarayonlar, mazkur yo'nalishda ilmiy-pedagogik xodimlarni tayyorlash hamda mahalliy va xorijiy hamkorlar bilan birgalikda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish;

- respublikada xorijiy til va adabiyot, tarix, madaniyat, falsafa, siyosat va iqtisodiyotni o'qitish bo'yicha yetakchi nodavlat oliy ta'lim muassasasi sifatida xorijiy mamlakatlarning tegishli davlat idoralari bilan hamkorlikda zamonaviy o'qitish metodikalarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish, ijtimoiy va siyosiy fanlar sohasida zamonaviy media mahsulotlar va elektron o'quv adabiyotlarni ishlab chiqish;

- xalqaro munosabatlardagi zamonaviy tendensiyalar, tarixiy jarayonlar, xalqlarining madaniy aloqalari va merosini tadqiq qilish, tahliliy ma'lumotlar tayyorlash hamda mazkur sohada ilmiy-ommabop adabiyotlar, darslik va monografiyalar chop etish;

- talaba-yoshlar va professor-o'qituvchilarda Vatanga muhabbat, uning taqdiriga daxldorlik, kasbga sadoqat hissini mustahkamlash chora tadbirlarini amalga oshirish, ta'lim-tarbiya jarayonlari hamda ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirib borish;

- professor-o'qituvchilarning respublika hamda xorijiy mamlakatlarda stajirovka o'tash va ularning malakasini oshirish ishlarini muntazam tashkil etish;

- xorijiy oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda istiqbolli yangi yo'nalishlar va mutaxassisliklar bo'yicha qo'shma ta'lim dasturlarini yo'lga qo'yish hamda xalqaro loyihalarni amalga oshirish.

6. Institutning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

- ta'lim xizmatlari bozorida Institutning raqobatbardoshligini oshirish maqsadida muntazam o'z-o'zini rivojlantirish va bilimlarni yanada oshirish;

- Institutning mamlakatni industrial-innovatsion va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirish dasturini, Institutning xalqaro ta'lim makoni, shuningdek, respublika ta'lim makoniga integratsiyasini ta'minlovchi innovatsion modelini joriy etish;

- talabalarning mahalliy va xalqaro darajadagi akademik mobilligini ta'minlash;

- ta'lim oluvchilarni vatanparvarlik, xalqiga, milliy qadriyatlarga va O'zbekistonning ma'naviy meroslariga muhabbat va xurmat, Institut obro'siga ehtiyotkorlik ruhida tarbiyalash;

- jamiyatning axloqiy, madaniy va ilmiy qadriyatlarini to'plash, asrash va boyitish;

- irqi, millati, jinsi, yashash joyi, jamiyatdagi ahvoli va diniy e'tiqodlaridan qat'iy nazar tengligini ta'minlash;

- shaxsning har tomonlama barkamol kamol topishiga, jumladan, sport va jismoniy tarbiya, sog'lomlashtirish faoliyatni amalga oshirish orqali zarur shart-sharoitlarni yaratish;

- ta'lim oluvchilarda fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, mas'uliyatlilik, mustaqillik va ijodiy faollikni rivojlantirish;

- iqtidorli yoshlarni ilmiy-tadqiqot va innovatsion, shu jumladan, xalqaro qo'shma loyihalar doirasidagi faoliyatga jalb qilish;

- aholi o'rtasida bilimlarni tarqatish, uning ma'naviy-ma'rifiy va madaniy darajasini oshirish;

- bitiruvchilarga bo'lgan ehtiyoj, raqobatbardoshlikni hamda Institut diplomlarining xalqaro tan olinishiga erishishni ta'minlash maqsadida ta'lim dasturlarini xorijning eng yaxshi anologlari, mahalliy mehnat bozori talablarini rivojlantirish istiqbollari bilan uyg'unlashtirish;

- professor-o'qituvchilar tarkibini tayyorlash, tanlash va tayinlash tizimini takomillashtirish ularning malakasini, iqtisodiy va ijtimoiy mavqeini oshirish;

- dolzarb muammolar yechimiga yo'naltirilgan fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish va olib borish;

- oliy ta'lim, oliy ta'limdan keyingi tayyorgarlik sohalarida xalqaro kooperatsiyalarni, professor-o'qituvchilar va talabalar tajriba almashinishini rivojlantirish, eng nufuzli mahalliy va xorijiy oliy ta'lim muassasalarida professor-o'qituvchilar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, birgalikda ilmiy tadqiqotlar olib borish, strategik menejment tajribasini transfer qilish;

- Institutning ta'lim faoliyati va resurs ta'minotini rivojlantirish;

- oliy ta'limda tizimli modernizatsiyalashni ta'minlash;

- Institutning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish;

- masofaviy ta'lim texnologiyalari, to'siqsiz muhitni yaratish;

- darslik, o'quv qo'llanma va monografiyalarni yozish, chop etish va tirajini belgilash;

- talabalar va xodimlarni ijtimoiy himoya qilish, ularga moddiy yordam ko'rsatish va ularning sog'lom ovqatlanishini o'rnatilgan tartibda tashkil etish.

7. Institutning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:

ilg'or bilimlarni paydo qilishga qodir, o'z-o'zini doimo rivojlantirib boradigan, mamlakatning industrial va innovatsion iqtisodiyoti uchun intellektual kapitalni oshira oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash uchun yagona ilmiy va ta'lim kompleksi sifatidagi innovatsion oliy ta'lim muassasasini yaratish;

respublikaning oliy ma'lumotga ega yuqori malakali kadrlarga bo'lgan ehtiyojini qondirish;

yangi axborot texnologiyalarini ta'limga keng joriy qilish va o'quv jarayoni, shuningdek, ilmiy tadqiqotlar integratsiyasini kuchaytirish orqali mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish;

xalqaro ta'lim makoniga integratsiyalashish.

8. Asosiy maqsad, vazifa, faoliyat turlari va Institut faoliyatini takomillashtirish bo'yicha chora-tadbirlar Institutni rivojlantirish dasturi bilan belgilanadi.

Talabalar:

9. Institutga grant yoki to'lov-kontrakt asosida rektori buyrug'i bilan o'qishga qabul qilingan shaxs Institut talabasi hisoblanadi. Institutda o'qish davrida Talabaga talabalik guvohnomasi hamda baholash, reyting daftarchasi beriladi.

Institutga qabul barcha uchun (grant hamda to'lov-kontrakt bo'yicha) teng huquqlilik, yagona qabul qoidalari va yagona tanlov asosida amalga oshirilib, test sinovlarida eng yuqori ball to'plagan abituriyentlarning birinchi navbatda o'qishga qabul qilinish huquqi ta'minlanadi. Qonunchilikda yoki Institutning ichki hujjatlarida belgilab qo'yilgan asoslarga muvofiq abituriyentlarni test sinovlarisiz muayyan imtiyoz asosida ham o'qishga qabul qilinishi kafolatlanadi.

10. Institut talabalari:

- fan, texnika, zamonaviy texnologiyalar yutuqlariga mos keluvchi bilimlar olish;

- Institut axborot resurs markazida mavjud bo'lgan kitoblar, davriy nashrlar, sohaga oid yangi o'zgarishlar va so'nggi yutuqlar asosida chop etilgan milliy va xorijiy adabiyotlardan, elektron ta'lim vositalaridan belgilangan tartibda bepul foydalanish;

- bepul maslahatlar va yo'l-yo'riqlar olish;

- auditoriyalar, ta'lim jarayoniga oid vositalardan o'rnatilgan tartibda bepul foydalanish;

- ta'lim jarayoni samaradorligi va ta'lim sifatini oshirish yuzasidan o'z taklif-mulohazalarini, tanqidiy fikrlarini belgilangan tartibda Institut rahbariyatiga, shuningdek, o'quv ishlari bo'yicha prorektor, o'quv-uslubiy bo'lim, fakultet dekanlari (Registrator ofisi rahbari) va kafedra mudirlariga bildirish va ularning ko'rib chiqilishini talab qilish;

- Institut va fakultet miqyosida o'tkaziladigan ommaviy tadbirlarda faol ishtirok etish;

- ilmiy tadqiqot ishlarida va ilmiy-amaliy konferensiyalarda qatnashish va ularning natijalarini nashr etish va bu haqda axborotlar berish;

- Institutda qonuniy ravishda faoliyat yuritayotgan jamoat birlashmalariga a'zo bo'lish va ular ishida qatnashish huquqlariga ega.

Talaba sifatli va yuqori saviyada bilim olishi, tanlagan ixtisosligi bo'yicha yuqori malakali mutaxassis bo'lib yetishish uchun zarur bo'lgan qonun hujjatlariga zid bo'lmagan boshqa huquqlardan foydalanishga haqlidir.

Talaba o'z huquqlarini suiste'mol qilmasligi, bu huquqlardan o'zga shaxslar manfaatiga zid maqsadlarda foydalanmasligi shart.

11. Talaba tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga asosan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyasi, Alisher Navoiy, Islom Karimov nomli va boshqa davlat stipendiyalari hamda Institut rektori tomonidan ajratilgan rag'batlantiruvchi stipendiyalarni, shuningdek, o'qishga yo'llangan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tayinlangan stipendiyalarni olish huquqiga egadirlar.

12. Harbiy xizmatni o'tash, salomatligini tiklash, homiladorlik va tug'ish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish ta'tillari davrida talabaga O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan tartib asosida akademik ta'til berilishi mumkin. Talabaga akademik ta'til berish tartibi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

13. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq kunduzgi o'quv shaklida ta'lim olayotgan talabalarga Institutda o'qiyotgan vaqti davomida harbiy xizmatga chaqirish muddatini kechiktirish imkoni beriladi.

14. Turar joyga muhtoj talabalar Institutga qarashli turar joylardan sanitariya me'yorlari va qoidalariga javob beradigan joy bilan ta'minlanishi mumkin. Turar joyga muhtoj talabalar mavjud bo'lgan holda, Institutga qarashli turar joylar maydonidan boshqa maqsadlarda foydalanish (ijaraga berish, boshqa kelishuvlar) ga ruxsat etilmaydi.

Institutda ta'lim olayotgan talabalarga o'qishdan bo'sh vaqtlarida Institutning o'zida, shuningdek, boshqa joylarda ishlashga ruxsat etiladi.

15. Talabalar safidan chetlatilgan talaba belgilangan qoida va tartib asosida o'qishini boshqa OTMga ko'chirish yoki Institutda qayta o'qishga tiklanish huquqiga ega.

Talabani talabalar safidan chiqarish, qayta tiklash, o'qishini Institutdan boshqa oliy ta'lim muassasasiga ko'chirish, qayta tiklash va talabalar safidan chiqarish tartibi va qoidalari qonunchilik hujjatlari, xususan, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, shuningdek, Institutning ichki hujjatlari bilan belgilanadi.

16. Institut talabalari oliy ta'limning ta'lim dasturlari va o'quv rejasida nazarda tutilgan bilimlarni egallashlari, topshiriqlarning barcha turlarini belgilangan muddatda bajarishlari hamda Institut Nizomiga, Ichki tartib qoidalari, Odob-axloq qoidalari va Talabalar turar joyi qoidalariga qat'iy rioya etishlari shart.

O'zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan holatlardan tashqari, Talabalarni o'qish vaqti hisobidan ta'lim jarayoni bilan bog'liq bo'lmagan ishlarga jalb etish man etiladi.

17. Ushbu Nizom, Institut ichki tartib qoidalari, Odob-axloq qoidalari va Talabalar turar joyi qoidalarida nazarda tutilgan majburiyatlarni buzgan taqdirda talabaga nisbatan hayfsan hamda talabalar safidan chiqarish kabi choralar ko'riladi.

Talaba quyidagi hollarda Institut talabalari safidan chiqariladi:

a) o'z xohishiga binoan (arizasisi asosida);

b) o'qishning boshqa ta'lim muassasasiga ko'chirilishi munosabati bilan (arizasi asosida);

v) salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma'lumotnomasi asosida);

g) o'quv intizomini va oliy ta'lim muassasasining ichki tartib-qoidalari hamda odob-axloq qoidalarini buzganligi uchun;

d) bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli Dekan (yoki Registrator ofisi (yoki mavjud bo'lsa, o'quv bo'limi) rahbarining bildirgisi asosida);

y) o'qish uchun belgilangan to'lov o'z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli (to'lov-kontrakt bo'yicha tahsil olayotganlar buxgalteriyaning solishtirma dalolatnomasi va Dekan (yoki Registrator ofisi (yoki mavjud bo'lsa, o'quv bo'limi) rahbarining bildirgisi asosida);

j) talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan (sudning kuchga kirgan hukmi asosida);

z) sud qaroriga ko'ra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi aniqlanganda (ushbu holatda talabalar safidan chetlashtirilganlar talabalar safiga qayta tiklanmaydi);

i) vafot etganligi sababli (o'lim haqida guvohnoma asosida).

Harbiy xizmatni o'tash, salomatligini tiklash, homiladorlik va tug'ish, shuningdek bolalarni parvarish qilish ta'tillari davrida talabaga Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlangan tartib asosida akademik ta'til berilishi mumkin.

18. Belgilangan muddatlarda fanlarni o'zlashtira olmagan (akademik qarzdor bo'lgan) talaba oliy ta'lim muassasasi rektori buyrug'i bilan kursdan qoldiriladi.

Akademik qarzdorligi tufayli kursdan qoldirilgan talaba to'lov-kontrakt asosida o'qishini quyi kursning tegishli o'quv semestri boshidan boshlashi mumkin.

Kursdan qodirilgan talaba ushbu Nizomning 17-bandidagi holatlar bo'yicha talabalar safidan chetlashtirilishi mumkin.

Talaba Institut talabalari safidan chiqarilganda, unga shaxsiy hujjatlari, belgilangan shakldagi akademik ma'lumotnoma topshiriladi va ularning nusxasi shaxsiy yig'majildga tikib qo'yiladi.

Talaba kasal bo'lganligi sababli o'qishga kelolmagan taqdirda, o'zi yoki uning ota-onasi (yoki boshqa yaqin qarindoshlari) Dekan (yoki Registrator ofisi (yoki mavjud bo'lsa, o'quv bo'limi) rahbari)ga bu haqda ma'lum qilishi hamda ariza va tegishli tibbiy ma'lumotnomani bir haftadan kechiktirmasdan Institut rahbariyatiga taqdim qilishi shart.

Mazkur nizom va Institut ichki tartib qoidalarida nazarda tutilgan majburiyatlarni buzgan talabalarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan intizomiy choralar qo'llaniladi. Intizomiy choradan norozi talabalar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli organlarga murojaat qilishlari mumkin.

Ishlab chiqarishdan ajralgan yoki ajralmagan holda Institutda ta'lim olib, o'quv rejalarini muvaffaqiyatli o'zlashtirayotgan talabalarga ularning ish joyidan imtiyozlar (maosh saqlangan yoki saqlanmagan holda qo'shimcha ta'til, Institut joylashgan manzilga borish va kelish uchun yo'l haqi va boshqalar) berilishi mumkin.

Institutning professor-o'qituvchilari tarkibi, o'quv-yordamchisi va ma'muriy-xo'jalik xodimlari:

19. Institutda professor-o'qituvchilar tarkibi, ilmiy xodimlar, muhandislik-texnika, ma'muriy-xo'jalik ishlab chiqarish, o'quv-yordamchi va boshqa xizmatchilar lavozimlari mavjud.

Professor-o'qituvchilar tarkibiga - kafedra mudiri, professor, dotsent, katta o'qituvchi, o'qituvchi, assistent va o'qituvchi-stajor lavozimlari kiradi.

20. Professor-o'qituvchilar tarkibidagi lavozimlarni egallash O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-fevraldagi 20-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Oliy talim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to'g'risida"gi Nizomga muvofiq tanlov asosida mehnat shartnomasi bo'yicha amalga oshiriladi (O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-avgustdagi "O'zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari pedagogik faoliyat samaradorligi va sifatini oshirish bilan bogliq o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"gi 246-son qarori).

Institut rektori tavsiyasiga ko'ra Yoshlar masalalari, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha 1-prorektor, O'quv va ilmiy ishlari bo'yicha prorektor va Moliya-iqtisod ishlari bo'yicha prorektorlar lavozimiga nomzod "IJTIMOIY VA SIYOSIY FANLAR INSTITUTI" MChJ direktori bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

Fakultet dekanlari (Registrator ofisi rahbari) Institutning rektori tavsiyasiga ko'ra "IJTIMOIY VA SIYOSIY FANLAR INSTITUTI" MChJ direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

21. Institutning professor-o'qituvchilari va ilmiy xodimlari:

- belgilangan tartibda Institut va fakultet Kengashlariga saylash va saylanish;

- Institutning faoliyatiga taalluqli masalalarni muhokama qilishda ishtirok etish;

- Institutning axborot-resurs markazi, o'quv va ilmiy bo'linmalarning xizmatlaridan, shuningdek, ijtimoiy-maishiy, tibbiy va boshqa bo'limlar xizmatidan foydalanish;

- o'qitishning uslub va vositalarini tanlash, o'quv va ilmiy jarayonning yuqori sifatini ta'minlovchi ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish;

- Institut ma'muriyatining buyruq va farmoyishlari yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda murojaat qilish;

- qonunchilikda belgilangan tartibda tanlovlarda qatnashish, lavozimlarni egallash;

- o'zlari ishlayotgan fakultet, kafedradan tashqari boshqa fakultet, kafedra, tashkilotlarda o'rindoshlik asosida ishlash (tashqi o'rindoshlik bo'yicha asosiy ish joyi bilan kelishilgan holda ma'lumotnoma taqdim etishi lozim);

- xorijiy hamkasblarning sohaga doir ilmiy va o'quv-uslubiy adabiyotlari bilan tanishish va ular bilan fikr almashish;

- o'z fani bo'yicha sifatli darsliklar va o'quv qo'llanmalar tayyorlash;

- nazariy bilimlarini amaliy tajribasini, ilmiy tadqiqot olib borish uslubini, pedagogik mahoratini takomillashtirib borish;

- talabalarning ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish; grantlar, ilmiy loyihalar, xo'jalik shartnomalarida ishtirok etish;

O'zbekiston Respublikasining ta'lim sohasiga oid qonunchilikda belgilangan boshqa huquqlarga ega.

22. Institutning professor-o'qituvchilari va ilmiy xodimlarining majburiyatlari quyidagilardan iborat:

- ta'lim to'grisidagi qonunchilik, mehnat intizomi, Institut Nizomi, Ichki mehnat tartibi, odob-axloq qoidalariga qat'iy rioya qilish;

- o'zining xizmat vazifalarini vijdonan bajarish va o'qituvchilik sha'niga dog' tushirmaslik;

- ish jarayonida muloqot qiladigan muassasa xodimlari, talabalari va boshqa shaxslar bilan hushfe'l munosabatda bo'lish;

- ish beruvchining qonuniy buyruq va farmoyishlarini bajarish, har yili tasdiqlanadigan reja asosida o'quv-uslubiy, ilmiy va ma'naviy-ma'rifiy ishlarni o'z vaqtida va sifatli bajarish, xususan:

a) o'quv yuklamalari hajmini, o'quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, o'quv-tashkiliy ishlarni tasdiqlangan reja asosida bajarish va ma'naviy-ma'rifiy ishlarda ishtirok etish;

b) darsliklar, o'quv qo'llanmalar tayyorlash, o'quv adabiyotlar, ilmiy maqolalar, monografiyalar yozish;

v) tarbiyaviy ishlarni olib borish, talabalar bilan ma'naviy-ma'rifiy ishlarda shu jumladan darsdan tashqari vaqtlarda o'tkaziladigan tadbirlarda bevosita ishtirok etish;

y) o'z malakasini muntazam ravishda oshirib borish;

- mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalariga rioya qilish;

- Institutning mol-mulkini avaylash, undan oqilona foydalanish;

- ish beruvchiga bevosita yetkazilgan haqiqiy moddiy zararni qoplash;

- Institut jamoatchilik ishlarida qatnashish;

- pedagogik va ilmiy jarayonning samaradorligini ta'minlash;

- ta'lim oluvchilarni tanlagan yo'nalishi (mutaxassisligi) bo'yicha yuksak kasbiy tayyorgarlikni, mehnatga bo'lgan ko'nikmalarini shakllantirish;

- o'qitayotgan fanini xorijiy sharq va g'arb tillarida o'tishiga erishish hamda zamonaviy axborot texnologiyalaridan belgilangan talablar asosida malakasini oshirib borish;

- ta'lim oluvchilarda mustaqil fikrlash, tashabbuskorlik, ijodiy qobiliyatni muntazam oshirib borish;

- "Ustoz-shogird" tizimida ishtirok etib, o'ziga biriktirilgan shogirdlar bilan ilmiy, ma'naviy-ma'rifiy, tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish;

- o'zining hulqi, odobi, madaniyati, ma'naviy saviyasi bilan o'rnak bo'lish; kiyinish madaniyatiga rioya etish;

- respublikada amalga oshirilayotgan islohotlar va jahonda ro'y berayotgan yangiliklardan xabardor bo'lish;

- Institut, fakultet, kafedra tomonidan tashkil etiladigan madaniy, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarda faol ishtirok etish;

- o'zi o'qitadigan fan dasturini muntazam ravishda fan va texnika yutuqlari asosida boyitib borish;

- innovatsion, interaktiv, yangi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llash orqali o'tayotgan fani bo'yicha sifatli o'qitishni ta'minlashga erishish;

- fan yo'nalishiga tegishli yangi manbalarni topish va ular bilan talabalarni tanishtirib borish;

- har o'quv yili boshlangunga qadar o'qitiladigan fan(lar)ning ishchi o'quv dasturi, kalendar rejasi va baholash mezonini ishlab chiqish va kafedra majlisida tasdiqlash;

- professor-o'qituvchi jurnalida baholarni o'z vaqtida qo'yib borish hamda ularni belgilangan tartibda to'g'ri yuritish bo'yicha shaxsan javobgar ekanliklarini e'tiborda tutish;

- talabalar bilimini yangi joriy etiIgan talab va qoidalar asosida xolisona baholash;

- ilmiy salohiyat va pedagogik mahoratini oshirish;

- talabalar ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;

- oliy ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarda faol qatnashish.

23. Institut professor-uqituvchilari tarkibining malakasini amaldagi qonunchilikka muvofiq oshirishini kafolatlaydi.

24. Ma'muriy-xo'jalik, muhandislik-texnika, o'quv-yordamchi va boshqa xizmat xodimlarining huquq va majburiyatlari Institutning Ichki tartib-qoidalari va lavozim yo'riqnomalari bilan belgilanadi.

Shuningdek, Institut professor-o'qituvchilari va barcha xodimlari hamda talabalari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 21-maydagi "O'zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalarida, mobil telefonlardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 139-sonli qaori ilovasidagi Nizom bandlari talablariga rioya qilishlari lozim.

25. Institut professor-o'qituvchilari va xodimlari O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 12-iyundagi "Oliy ta'lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-4732-sonli Farmoni hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-fevraldagi "Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to'g'risida"gi 25-sonli Qarori va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 20-avgustdagi 242-son qarori bilan tasdiqlangan "Oliy ta'lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari to'g'risida"gi Nizomga muvofiq kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo'yicha ta'lim muassasalarida o'z malakalarini oshiradilar.

Ilmiy tadqiqotlar quyidagi mablag'lar hisobidan moliyalashtiriladi:

davlat ilmiy-tadqiqot dasturlari doirasida bajariladigan fundamental, amaliy hamda innovatsion tadqiqotlar uchun ajratiladigan davlat byudjeti mablag'lari;

shartnoma asosida tegishli vazirliklar, idoralar, korxonalar, birlashmalar va boshqalar, shu jumladan, xorijiy tashkilotlar mablag'lari.

Institut ta'limni ikki bosqichda amalga oshiradi: bakalavriat va magistratura.

Bakalavr dasturini tugatgan bitiruvchilarga davlat attestatsiyasi yakunlariga ko'ra ta'lim yo'nalishi bo'yicha "bakalavr" darajasi beriladi hamda davlat namunasidagi diplom topshiriladi.

Magistr dasturini tugatgan bitiruvchilarga davlat attestatsiyasi yakunlariga ko'ra tayyorlangan muayyan mutaxassislik bo'yicha "magistr" darajasi beriladi va davlat namunasidagi diplom topshiriladi. Bakalavr va magistrlik davlat namunasidagi diplom uning egalariga kasbiy faoliyat bilan shug'ullanish yoki tanlangan ta'lim yo'nalishiga va mutaxassisligiga muvofiq ta'lim muassasalarining navbatdagi bosqichlarida o'qishni davom ettirish huquqini beradi.

26. Institutda ta'lim jarayonini tashkil etish, tayanch oliy ta'lim muassasalari tomonidan ishlab chiqiladigan va o'rnatilgan tartibda tasdiqlanadigan o'quv rejalari va fanlarning dasturlari, Institut rektori (o'quv ishlari bo'yicha prorektor) tomonidan tasdiqlangan yillik kalendar o'quv jadvali hamda mashg'ulotlar jadvali bilan tartibga solinadi.

Ta'lim standartlari, malakaviy talablar, o'quv rejalari va dasturlar, shuningdek, ilg'or xalqaro tajribani hisobga olgan holda talabalarning bilimini baholash hamda o'quv jarayonining amaliyot bilan integratsiyalashuvini ta'minlash tizimi Institut tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqdanadi.

Xorijiy oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda tashkil etiladigan qo'shma ta'lim dasturlarining o'quv rejalari va fan dasturlari Institut tomonidan xorijiy hamkorlar bilan kelishilgan holda mustaqil tasdiqlanadi.

Ta'lim jarayonini maqsadli yo'naltirish yo'li bilan tashkil etish, ya'ni ta'lim shakllari, uslub va vositalarini tanlash yo'li bilan Institut talabalariga oliy ta'limning asosiy kasbiy ta'lim dasturlarini o'zlashtirish uchun zaruriy sharoitlar yaratib berilishi lozim.

Institut rektori uzrli sabablarga ko'ra yoki xizmat safarida bo'lganda O'quv ishlari bo'yicha prorektor, u ham bo'lmagan taqdirda, boshqa prorektorlardan biri Institutda chiqariladigan ichki buyruqlar va boshqa hujjatlarga Institut rektori bilan kelishilgan holda imzo qo'yish vakolatiga ega.

Ta'lim va tarbiyaviy ishlar o'zbek, rus, ingliz hamda boshqa o'rganilayotgan xorijiy tillarda olib boriladi.

28. Institutda kadrlar tayyorlash ishlab chiqarishdan ajralgan (kunduzgi) hamda ishlab chiqarishdan ajralmagan holda (kechki va sirtqi) olib boriladi.

Oliy ta'limning asosiy kasbiy ta'lim dasturi doirasida ta'lim olishning barcha shakllari uchun o'rnatilgan tartibda ishlab chiqilgan va "Uzstandart" agentligida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan davlat ta'lim standartlari qo'llaniladi.

Talabalarni kursdan kursga o'tkazish fakultet dekanining tavsiyasiga binoan rektor buyrug'i bilan amalga oshiriladi. Talabalarni kursdan kursga shartli o'tkazish mumkin emas.

Oliy ta'limning ta'lim dasturlarini o'zlashtirish, O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlangan va O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 26-sentabrda 3069-raqam bilan ro'yxatdan o'tkazilgan "Oliy ta'lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to'g'risida"gi Nizomga muvofiq tartibga solinadi, O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 5-iyunda 1963-raqam bilan ro'yxatdan o'tkazilgan "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi to'grisida"gi Nizomga asosan bitiruvchilarning yakuniy attestatsiyasi bilan tugallanadi.

29. Institutda ilg'or pedagogik va axborot texnologiyalari, ta'limni individuallashtirish va mustaqil ta'lim olish vositalarini, modul tizimi hamda masofaviy ta'lim berishni qo'llash hisobiga mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishga yo'naltirilgan ilmiy-uslubiy ishlar amalga oshiriladi.

30. Institutning tarkibiga quyidagilar kiradi:

a) fakultetlar:

  • Tarix fakulteti;
  • Pedagogika fakulteti;
  • Iqtisodiyot va turizm fakulteti;
  • Tibbiyot fakulteti;
  • Axborot texnologiyalari fakulteti.

b) kafedralar:

1. "Tarix" kafedrasi;

2. "Pedagogika" kafedrasi;

3. "Iqtisodiyot va turizm" kafedrasi;

4. "Tibbiyot kafedrasi;

5. "Axborot texnologiyalari" kafedrasi

v) bo'limlar:

  • Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi;
  • Registrator ofisi bo'linmasi (O'quv-uslubiy bo'lim);
  • Axborot texnologiyalari bo'limi;
  • Ilmiy bo'lim;
  • Inson resurslarini boshqarish bo'limi;
  • Xalqaro hamkorlik bo'limi;
  • Devonxona bo'limi;
  • Monitoring bo'limi;
  • Moliya-iqtisod bo'limi;
  • Buxgalteriya bo'limi;
  • Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens-nazorat" tizimini boshqarish bo'limi;
  • Yuridik bo'lim (Bosh yuriskonsult);
  • Marketing, buyurtmalar portfelini shakllantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring bo'limi;
  • Fuqaro va mehnat muhofazasi bo'limi;
  • Texnik foydalanish va xo'jalik bo'limi.

g) markazlar:

1. Axborot-resurs markazi.

31. Institutni boshqarish O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi hamda ushbu Ustavga muvofiq yakka rahbarlik va Institut Kengashi, Jamoatchilik kengashi orqali amalga oshirilishi mumkin.

32. Institutni bevosita boshqarish amaldagi qonunchilikka muvofiq rektor tomonidan yakka rahbarlik asosida amalga oshiriladi.

Rektor Institut faoliyatiga, shuningdek, Institutning Ichki tartib qodalari, O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2003-yil 22-fevralda 1222-raqam bilan ro'yxatdan o'tkazilgan "Oliy ta'lim to'grisida"gi Nizom hamda mazkur Ustavda belgilangan majburiyatlar uchun to'la mas'uldir.

Rektor vakolatlari doirasida:

- Institutning barcha xodimlari, talabalari va boshqa ta'lim olayotganlar uchun majburiy bo'lgan buyruqlar chiqaradi va ko'rsatmalar beradi;

- Institut prorektorlari (yo'nalishlar bo'yicha) vakolatlarini belgilaydi va ular o'rtasida vazifalarni taqsimlaydi. Institutda boshqa mansabdor shaxslarning vakolatlarini, tuzilmalarning faoliyati uchun javobgarligini belgilaydi;

- Davlat ta'lim standartlari hamda malaka talablari asosida yuqori malakali kadrlar tayyorlashni tashkil etadi hamda Institutda O'zbekiston Respublikasi "Ta'lim to'g'risida" Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalar bajarilishini ta'minlaydi;

- Rektor tavsiyasiga ko'ra "IJTIMOIY VA SIYOSIY FANLAR INSTITUTI" MChJ direktori professor-o'qituvchilar, ilmiy-pedagogik xodimlar va boshqa xodimlar bilan O'zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligi va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda mehnat shartnomasi tuzadi va bekor qiladi;

- Institut tarkibiy bo'limlari va markazlari to'g'risidagi nizomlarni tasdiqlaydi;

- Institut vakolatiga kiradigan masalalar bo'yicha turli shartnomalarni belgilangan tartibda imzolaydi;

- "IJTIMOIY VA SIYOSIY FANLAR INSTITUTI" MChJ direktoriga Institut xodimlarini rag'batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalari bo'yicha fikr-mulohazalarini ma'lum qiladi, mehnatda alohida o'rnak ko'rsatgan Institut xodimlariga unvonlar berish va O'zbekiston Respublikasining davlat mukofotlari bilan taqdirlashga tavsiyalar etish yuzasidan takliflar kiritadi;

- Ta'lim jarayonini boshqarish bo'yicha qonun hujjatlariga muvofiq va vakolatli organlar tomonidan belgilangan boshqa vazifalar ijrosini ta'minlaydi.

33. "Oliy ta'lim to'g'risida"gi Nizomga muvofiq Institutda oliy ta'lim muassasasi faoliyatining asosiy masalalarini ko'rish uchun Kengash tashkil etiladi.

Kengash tarkibiga quyidagilar kiradi: rektor (ayni vaqtda Kengash raisi hisoblanadi), prorektorlar (lavozimiga ko'ra), fakultetlar dekanlari hamda mutaxassislar tayyorlovchi kafedralar mudirlari, shuningdek, a'lochi talabalar va Institutning ilg'or xodimlari, kasaba uyushmasi qo'mitasi a'zolari (agar mavjud bo'lsa), shuningdek, ilmiy markazlarning rahbarlari, asosiy hamkor tashkilotlarning mas'ul xodimlari kiradi. Kengashning boshqa a'zolari umumiy majlisda (konferensiyada) yashirin ovoz berish yo'li bilan saylanadi.

Professor-o'qituvchilar tarkibidan Kengashga saylanadiganlar soni rektor buyrugi bilan belgilanadi.

Institut Kengashi quyidagilar bilan bog'liq masalalarni ko'rib chiqadi:

- Institut faoliyatini takomillashtirishning ustuvor yo'nalishlarini ishlab chiqish, Institut tuzilmalari faoliyatida qonun hujjatlariga rioya qilinishi ustidan samarali nazorat va monitoringni amalga oshirish, ularni amalga oshirilishini ta'minlash, shuningdek malakali kadrlarni, ilmiy, ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, ularni malakasini oshirish bo'yicha ushbu Ustavda belgilangan asosiy vazifalarni amalga oshiradi;

- qonunchilikda Oliy ta'lim bilan bog'liq belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo'yicha ijro intizomini mustahkamlash, ularning o'z vaqtida va samarali amalga oshirilishini ta'minlash uchun Institut rahbarlari va xodimlarining shaxsiy javobgarligini oshirish;

Kengash Institut vakolatiga taalluqli boshqa masalalarni ham ko'rib chiqish huquqiga ega.

Kengash uning majlisida tarkibining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda vakolatli bo'ladi. Ko'rib chiqilayotgan masalalar bo'yicha qarorlar oddiy ko'pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.

Kengash qarorlari Institut rektori buyruqlari bilan amalga oshiriladi.

34. Institutga ushbu Ustavda nazarda tutilgan faoliyatni amalga oshirish maqsadida operativ boshqarish huquqi bilan ta'sischi(lar) tomonidan binolar, inshootlar, mulkiy majmualar, Institutning pasportiga muvofiq asbob-uskunalar, shuningdek, iste'mol, ijtimoiy, madaniy va boshqa maqsadlarda foydalanish uchun zarur bo'lgan mulklar biriktirilgan.

35. Institutga jismoniy va yuridik shaxslardan sovg'a, hadya yoki vasiyat bo'yicha berilgan pul mablag'lari, mol-mulk va boshqa mulkiy ob'ektlarga, Institut faoliyatining samarasi hisoblangan intellektual va ijodiy mahsulotlarga, shuningdek o'z faoliyati orqali oladigan daromadlar va bu daromadlar hisobidan sotib olinadigan mulkiy ob'ektlarga egalik qilish huquqi berilgan.

36. Institut mol-mulkni ijaraga oluvchi va mol-mulkni ijaraga beruvchi sifatida faoliyat ko'rsatish huquqiga ega.

Ijara haqi sifatida olingan mablag'lar ta'lim jarayoni sifatini yanada oshirish va uni rivojlantirish uchun foydalaniladi.

37. Institut ta'lim faoliyatini moliyaviy jihatdan ta'minlashni davlat grantlari asosida belgilangan me'yorlardan kelib chiqqan holda, qayta tayyorlash va xodimlarning malakasini oshirish uchun ajratilgan mablag'lar, shuningdek, talabalar va tinglovchilarni o'qitish uchun to'lov-shartnoma asosida olingan mablag'lar hisobiga amalga oshiriladi.

38. Institut tomonidan, asosiy faoliyatiga zarar yetmagan holda, amalga oshiriladigan ta'lim konsaltingi va tadbirkorlik faoliyati uning ustavida belgilangan vazifalarga mos kelishi lozim.

Institut o'z mulki bilan xo'jalik jamiyatlari va shirkatlarning ustav jamg'armasida ishtirok etish, soliq va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa majburiy to'lovlardan so'ng qolgan daromadni mustaqil tasarruf etish huquqiga ega.

Institutning pullik ta'lim xizmatlari ko'rsatishni byudjetdan ajratiladigan mablaglar hisobidagi ta'lim faoliyati doirasida va uning o'rniga amalga oshirilishi mumkin emas.

Institut O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga hamda mazkur ustavga zid bo'lmagan shartnomalarni tuzish, majburiyatlar va boshqa shartlarni belgilash bo'yicha masalalarni MCHJ direktori bilan kelishgan holda hal qiladi.

39. Institutga tegishli binolarni ta'mirlash, rekonstruksiya qilish yoki yangilarini qurish, ularning moddiy-texnik ta'minoti qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

40. Institut O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi "Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'grisida"gi PQ-2909-son qarori va 2019-yil 8-oktabrdagi "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5847-son Farmoni hamda mazkur Ustavga muvofiq xorijiy mamlakatlarning ta'lim va ilmiy markazlari, xalqaro jamg'armalar va boshqa tashkilotlar bilan o'zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini o'rnatish huquqiga ega.

Institutda chet el fuqarolarini o'qitish, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shuningdek, oliy ta'lim muassasasi ilmiy-pedagogik xodimlarining xorijiy mamlakatlarda pedagogik va ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish O'zbekiston Respublikasining vakolatli davlat organlari va xorijiy davlatlarning ta'limni boshqarish davlatlarning ta'lim va ilmiy markazlari, xalqaro jamg'armalar va boshqa tashkilotlar memorandumlari, chet el fuqarolari va xorijiy yuridik shaxslar bilan bevosita tuzilgan shartnomalari asosida amalga oshiriladi.

41. Xalqaro faoliyatni amalga oshirishda Institut quyidagi huquqlarga ega:

- xalqaro nodavlat tashkilotlarga kirish;

- xorijiy davlatlarning ta'lim va ilmiy markazlari, tashkilotlari bilan o'zaro manfaatli xorijiy oliy ta'lm muassasalari va ilmiy markazlaridan yuqori malakali professorlarni ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishga jalb etish;

- qo'shma ta'lim dasturlari, markazlar va boshqa bo'linmalarni qonunchilikda ko'zda tutilgan tartibda tashkil etish;

- malaka oshirish va stajirovkaga yuborish, magistratura dasturlari bo'yicha ta'lim olishlarini ta'minlash;

- Institut va xorijiy oliy o'quv yurtlari talabalari, tayanch doktorantlari va doktorantlar, professor-o'qituvchilar va ilmiy xodimlari bilan ikki tomonlama o'zaro almashinuv dasturlarini tashkil etish;

- Institut qonunchilikda belgilangan tartibda xorijiy mamlakatlarning OTMlari va boshqa ta'lim tashkilotlari bilan boshqa yo'nalishlarda ham o'zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini o'rnatish huquqga ega.

42. Institut professor-o'qituvchi va xodimlari hamda talabalarining chet el xizmat safarlari qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

43. Institut tashqi iqtisodiy faoliyatidan tushgan valyuta, moddiy tushumlari qonunchilikka binoan mazkur Nizomda belgilangan Institut faoliyatini moddiy ta'minlash uchun ishlatiladi.

44. Institutni qayta tashkil qilish yoki tugatish qonunga muvofiq "IJTIMOIY VA SIYOSIY FANLAR INSTITUTI" MChJ tomonidan belgilangan tartib asosida amalga oshirilishi mumkin.

45. Institut Nizomiga o'zgartirish yoki qo'shimchalar kiritish Ijtimoiy va siyosiy fanlar institute rektori buyrug'i bilan amalga oshiriladi.