Institut tarixi
Ijtimoiy va siyosiy fanlar institutiga 2022-yilda asos solingan bo'lib, qisqa muddatlarda mamlakatimizning oliy ta'lim sohasida o'z o'rniga ega bo'ldi. Ushbu yillar davomida, institutimiz ta'lim jarayonlariga mamlakatimizning ijtimoiy va siyosiy yo'nalishlaridagi nufuzli professor va o'qituvchilarni jalb qilish orqali o'zining akademik va ilmiy salohiyatini namoyon etdi.
Biz bakalavriat yo'nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo'yicha keng qamrovdagi ta'lim dasturlarini taklif etamiz. Har dastur nazariy va amaliy ta'limning uyg'unligi bilan ajralib turadi.
Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti nodavlat oliy ta'lim xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha davlat litsenziyasiga ega.
