O‘quv-uslubiy bo‘limi oliy ta’lim muassasasida o‘quv jarayonini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish bilan shug‘ullanadi. Bo‘lim ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha o‘quv rejalari, fan dasturlari hamda o‘quv-uslubiy majmualarni ishlab chiqish va yangilab borishni ta’minlaydi. Shuningdek, ta’lim jarayonida davlat ta’lim standartlari va me’yoriy-huquqiy hujjatlarga rioya etilishini nazorat qiladi.