Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi talaba-yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini yuksaltirish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda sog‘lom dunyoqarashini shakllantirish bilan shug‘ullanadi. Bo‘lim milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish va muvofiqlashtirishni amalga oshiradi.
Bo‘lim faoliyati doirasida talaba-yoshlar o‘rtasida vatanparvarlik, huquqiy madaniyat, kitobxonlik va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan tadbirlar, uchrashuvlar va loyihalar tashkil etiladi. Shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularning iqtidor va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy-psixologik muammolar bo‘yicha maslahat va ko‘mak ko‘rsatish bo‘limning muhim vazifalaridan hisoblanadi.