Raqamli texnologiyalar markazi ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, raqamli infratuzilmani rivojlantirish hamda zamonaviy IT yechimlardan samarali foydalanishni ta’minlash bilan shug‘ullanadi. Markaz ta’lim jarayonini raqamlashtirish, elektron ta’lim platformalarini joriy etish va ularning uzluksiz ishlashini ta’minlashga mas’uldir.
Markaz faoliyati doirasida axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish va qo‘llab-quvvatlash, rasmiy veb-saytlar hamda ichki axborot resurslarini boshqarish, axborot xavfsizligini ta’minlash ishlari olib boriladi. Shuningdek, professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalar uchun raqamli savodxonlikni oshirish, IT texnologiyalar bo‘yicha maslahat va texnik ko‘mak ko‘rsatish markazning asosiy vazifalaridan hisoblanadi.